Maxfiylik siyosati
Mazkur Shaxsiy ma’lumotlar maxfiyligi siyosati (keyingi o‘rinlarda — Siyosat) xion.uz veb-sayti (keyingi o‘rinlarda — Sayt) foydalanuvchi Sayt, uning servis va dasturlaridan foydalanayotgan vaqtida olishi mumkin bo‘lgan barcha ma’lumotlarga nisbatan amal qiladi.
Umumiy qoidalar
Saytdan foydalanish Foydalanuvchining mazkur Siyosat va unda ko‘rsatilgan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash shartlariga so‘zsiz roziligini anglatadi. Ushbu shartlarga rozi bo‘lmagan taqdirda, Foydalanuvchi Sayt servislaridan foydalanishdan voz kechishi kerak.
Mazkur Siyosat O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, jumladan “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq ishlab chiqilgan.
Sayt qayta ishlaydigan shaxsiy ma’lumotlar
- Foydalanuvchi qayta aloqa formasi orqali mustaqil ravishda taqdim etadigan ma’lumotlar (ism, telefon raqami, elektron pochta manzili).
- Foydalanuvchi dasturiy ta’minoti tomonidan avtomatik tarzda uzatiladigan texnik ma’lumotlar: IP-manzil, cookies fayllaridan olingan ma’lumotlar, brauzer haqidagi ma’lumotlar, kirish vaqti va so‘ralayotgan sahifa manzili.
Shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish maqsadlari
Sayt faqat servislarni taqdim etish yoki Foydalanuvchi bilan aloqa qilish uchun zarur bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarni yig‘adi va saqlaydi:
- Foydalanuvchini aniqlash, aloqa qilish va so‘rovlarni qayta ishlash.
- Foydalanuvchiga moslashtirilgan xizmatlar va takliflarni taqdim etish.
- Sayt faoliyati sifati va undan foydalanish qulayligini yaxshilash.
- Shaxsi aniqlanmaydigan ma’lumotlar asosida statistik va boshqa tadqiqotlarni o‘tkazish.
Ma’lumotlarni qayta ishlash va uchinchi shaxslarga uzatish shartlari
Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlariga nisbatan ularning maxfiyligi saqlanadi. Sayt shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga faqat quyidagi hollarda uzatishi mumkin:
- Foydalanuvchi bunday harakatlarga rozilik bildirgan bo‘lsa.
- Uzatish Foydalanuvchiga xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lsa.
- Uzatish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda nazarda tutilgan bo‘lsa.
Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish
Sayt Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini noqonuniy yoki tasodifiy kirish, yo‘q qilish, o‘zgartirish, bloklash, nusxalash, tarqatish hamda uchinchi shaxslarning boshqa noqonuniy harakatlaridan himoya qilish uchun zarur tashkiliy va texnik choralarni ko‘radi.
Foydalanuvchi huquqlari
Foydalanuvchi Saytda ko‘rsatilgan aloqa ma’lumotlari orqali Sayt ma’muriyatiga murojaat qilib, o‘zi taqdim etgan shaxsiy ma’lumotlarni istalgan vaqtda o‘zgartirish yoki o‘chirish ҳуқуқига ega.
Maxfiylik siyosatini o‘zgartirish
Sayt ma’muriyati mazkur Maxfiylik siyosatiga o‘zgartirishlar kiritish ҳуқуқига ega. Siyosatning yangi tahriri, agar unda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, Saytda joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Aloqa ma’lumotlari
Mazkur Siyosat bo‘yicha barcha taklif va savollarni https://xion.uz/ saytidagi qayta aloqa formasi yoki tashkilotning rasmiy rekvizitlari orqali yuborishingiz mumkin.