Tibbiyotdagi innovatsiyalar
Biz akusherlik, ginekologiya va urologiya sohalarida ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqamiz va joriy etamiz, bu esa shifokorlarga bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi.
Sifat va xavfsizlik
Simurg mahsulotlari tibbiyot sohasining yuqori standartlariga javob beradi va foydalanishda xavfsizlik hamda samaradorlikni kafolatlaydi.
Rivojlanish va takomillashish
Biz yangi yutuqlarga intilgan holda, mahsulotlarimizni yaxshilash ustida muntazam ish olib boramiz.
Mutaxassislar ishonchi
Bizning mahsulotlarimizni ishonchliligi, ilmiy yondashuvi va tasdiqlangan klinik natijalari tufayli butun mamlakat bo'ylab shifokorlar tanlashadi.
Shifokorlarni qo'llab-quvvatlash
Biz shifokorlarga mahsulotlarimizni qo'llashda yordam berib, maslahatlar va ekspertlik ko'magini taqdim etamiz.
Bemor haqida qayg'urish
Simurgning har bir mahsuloti bemorlarning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ularning qulayligi, salomatligi va hayot sifati uchun yaratilgan.
Kompaniya bozorda muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatmoqda
Keng assortimentimiz 70 dan ortiq mahsulot turlarini o'z ichiga oladi.
Bizning eksport tarmog'imiz 25 dan ortiq mamlakatni qamrab olgan va faol kengaymoqda.
Kompaniya bozorda muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatmoqda
Keng assortimentimiz 70 dan ortiq mahsulot turlarini o'z ichiga oladi.
Bizning eksport tarmog'imiz 25 dan ortiq mamlakatni qamrab olgan va faol kengaymoqda.
"Simurg" tibbiyot korxonasi" YoAJ Vitebsk shahrida joylashgan bo‘lib, akusherlik, ginekologiya va urologiya sohasida ilg‘or texnik yechimlarni ishlab chiqadi. Innovatsiyalar va ilmiy markazlar bilan hamkorlik tufayli kompaniya diagnostika va kasalliklarning oldini olishni yaxshilaydi hamda bemorlarga hayot sifatini qaytaradi.
30 yildan ortiq vaqt mobaynida kompaniya 200 dan ortiq tibbiy buyumlar modifikatsiyasini taklif etib, davolashda individual yondashuvni ta’minlab kelmoqda. Ulardan foydalanish bemorlar uchun qulaylik va xavfsizlikni kafolatlaydi.
MDH davlatlarida yetakchilik va Yevropada raqobatbardoshlik kontrasepsiya vositalari hamda pessariylar, ayniqsa, tibbiy silikondan tayyorlangan pessariylarning ishlab chiqilishi – ayollarga jarrohlik aralashuvidan qochishga yordam beradigan novatorlik yechimi tufayli ta’minlangan.
Simurg – birlik ramzi
Adabiyotshunoslik, mifologiya va falsafada "Simurg" obrazining juda ko'plab talqinlari mavjud. Biroq she'riyat tilida va kompaniyamiz uchun “Simurgni ko‘rish” iborasi — orzuni amalga oshirishni anglatadi.
Simurg haqidagi bizga eng yaqin va go‘zal afsonalardan biri shunday hikoya qiladi: qushlar shohi Simurg osmonni qo‘llab turuvchi tog‘da yashaydi. Bir kuni u o‘zining cheksiz saltanatlari uzra uchib o‘tayotib, ta’riflab bo‘lmas go‘zallikdagi patini tushirib yuboradi va o‘zaro nizolardan charchagan mahalliy qushlar uni topib, dono shohni izlashga hamda undan maslahat so‘rashga qaror qilishadi. Odatdagidek, barchaning ham bu mashaqqatli safarni amalga oshirishga xohishi bo‘lmaydi, ammo baribir kichik, lekin qat’iyatga to‘la guruh yo‘lga chiqadi. Qushlar yetti vodiy — izlanish, sevgi, bilim, voz kechish, birlik, hayrat va yo‘q bo‘lib ketish vodiylarini bosib o‘tadilar. Ko‘pchilik ortga qaytadi, boshqalari parvoz chog‘ida halok bo‘ladi, ammo o‘ttizta qush baribir Simurg tog‘iga yetib boradi.
Shunda ularga haqiqat ochiladiki, "Simurg" (qadimgi fors tilida “si” — o‘ttiz, “murg” — qush degani bejiz emas) — bu aynan ularning o‘zlari, har biri va ularning barchasi birgalikda, deganidir.
"Yunona" savdo belgisi ostidagi mahsulotlar akusher-ginekologlarga juda yaxshi tanish. 20 yil davomida "Yunona" bachadon ichi kontratseptivlari, pessariylari va akusherlik-ginekologiya amaliyoti uchun asboblari shifokorlarning obro'-e'tibor va e'tirofini, ayollarning esa ishonchini qozondi. Savdo belgisi nomining tanlanishi bejiz emas.
Yunona (lot. Iuno), grek mifologiyasida Gera (grekcha Ἥра) — Yupiterning (grek mifologiyasida Zevsning) sodiq va vafodor rafiqasi bo‘lgan qadimgi grek va qadimgi Rim ma'budasi. Afsonaga ko‘ra, ma'buda Samos orolida tug‘ilgan. Yunona — antik go‘zallik timsolidir. Ma'buda hashamatli sochlar hamda katta, keng va ochiq ko‘zlarga ega.
Qadimgi Gretsiya va Rimda u oliy ma'budalardan biri sifatida ulug'langan. Olimpiyadagi ma'buda sharafiga qurilgan ibodatxona Zevs ibodatxonasiga qaraganda ancha qadimiyroqdir. Qadimgi Rimda Yunona — nikoh va tug'ilish, onalik va ayollik ma'budasi, oila himoyachisi hisoblangan. Iyun oyi ham ushbu ma'buda sharafiga nomlangan.
Qadimgi greklar va rimliklar har bir ayolning o‘z Yunonasi bor deb hisoblashgan. "Yunona" savdo belgisi o‘zida klassik go‘zallik va maqsadga muvofiqlikni zamonaviy sifat hamda qulaylik bilan birlashtirdi.
Sizni qiziqtirgan savolni yoki nojo‘ya ta’sir haqidagi xabarni bevosita vakolatli xodimlarimizga yuborishingiz mumkin.